"Adidas" Pogbani "Manchester Yunayted"da olib qolishga yordam bergan

Alisher
9 sen 2019, 13:25
"Adidas" joriy yozda MYU yarim himoyachisi Pol Pogbani jamoada olib qolishga yordam bergan.

Kompaniya faqatgina jamoaning texnik homiysi emas, balki fransiyalik o'yinchining ham shaxsiy homiysi hisoblanadi.

"Adidas" vakillari xavbekni "Real"ga o'tish niyatidan qaytarishgan.

Germaniya kompaniyasi Pogbani "qizil iblislar" safidagi eng asosiy yulduz deb hisoblaydi. 

Futbolchi "Real"ga o'tgan taqdirda Eden Azar, Garet Beyl va Serxio Ramoslar bilan raqobatlashishiga to'g'ri keladi.


AlisherMuallif
Manba: dailystar.co.uk