2001 yildan buyon ilk bor Italiya klublari evrokuboklarda chorak finalga chiqa olishmadi

Narzulla Saydullayev
18 mar 2016, 08:21
Italiyaning hech bir klubi Chempionlar ligasi va Yevropa ligasining 1/4 finaliga chiqa olmadi.

Yuventus va Roma klublari Chempionlar ligasining 1/8 finalida yutqazib qo'yishdi, kecha Yevropa ligasida Chexiyaning Sparta klubi Lacioni musobaqadan chiqarib yubordi.

Shunday qilib, A seriya klublari 2000/01 yilgi mavsumdan buyon ilk bor chorak finalga qatnashmaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe