Mourinyo Pogba bilan bo'layotgan munozaralarga oydinlik kiritdi

Mirjalol Normatov
31 mar 2018, 11:15
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo yarim himoyachi Pol Pogba bilan bo'layotgan mojarolar haqida gapirdi.

"Pogbadan so'rang, siz nimalar deb o'ylayotganingizni so'rang.

Bu uning jarohat olganiga bog'liq emas. U yaxshi tiklandi va safga qaytdi.

O'tgan mavsumda ham u jarohat olgandi, keyinchalik o'zining jismoniy holatini tiklagandi.

Siz nima deb o'ylasangiz o'ylayvering, oramizdagi munosabatlar yaxshi, juda yaxshi. U bilan kurashmayapman, kerak bo'lsa o'zidan so'rang", - dedi Mourinyo.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com