“Ekatyerinburg Arena” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kyerak?

Narzulla Saydullayev
6 mar 2018, 14:07
Bugun, ananamizga muvofiq, Jahon Chempionati-2018 o'yinlari o'tkaziladigan stadionlarning eng sharqiysi “Ekatyerinburg Arena” haqida ma'lumot byeramiz.


• “Ekatyerinburg Arena” stadionida mundial guruh bosqichining 4ta o'yini bo'lib o'tadi
• Musobaqaning eng sharqiy stadionida katta ko'lamdagi rekonstrukciya ishlari amalga oshirildi.



O'yinlar
“Ekatyerinburg Arena” stadionida FIFA Jahon Chempionati guruh bosqichining 4ta o'yini bo'lib o'tadi. Bu yerda UEFA, KAF, KONMEBOL, AFK va KONKAKAF konfederatsiyalarinig jamoalari ishtirok etadi.

Imkoniyatlari
Chempionat vaqtida “Ekatyerinburg Arena” stadioniga 35 000 tomoshabin tashrif buyurishi mumkin bo'ladi. Musobaqadan so'ng, vaqtinchalik tribunalardan voz kechiladi va tabiiyki, muxlislar sig'imi ham biroz kamayadi.


Joylashgan o'rni
Ushbu ulkan sport inshooti Ural poytaxti hisoblanmish, Ekatyerinburg shahrining markaziy kismida joylashgan. Arenaning asosiy kirish yo'li syerqatnov ko'chalardan biri Repinda joylashgani ham katta ahamiyatga ega. Ekatyerinburgda qad roslagan stadionning qayta qurish loyihasi esa katta sport komleksi bunyod etilishiga zamin yaratdi.    

Bilasizmi?
Faqat qayta ta'mirga muhtoj bo'lgan stadionlar ichida “Ekatyerinburg Arena” inshooti “Lujniki”dan keyingi ikkinchi o'rinni egallagan. Bu stadion 1956 yilda qurilgan. Avval uning o'rnida velosiped poygasi o'tkaziladigan maydon bo'lgan. “Ekatyerinburg Arena” stadionidagi ta'mirlash ishlaridan so'ng, 1950-yilga oid turli qubbali naqshlar, dekaraciyali vazalar, tarixiy rasmlar va futbolchilar haykali qayta tiklandi. Bu esa siz xuddi kelajakdan o'tmishga tushib qolgandek bo'lishingizga yordam byera oladi. Tomoshabinlar o'rindig'i tepasidagi tom zamonaviy va yuqori texnologiyaga ega metalldan ishlangan bo'lib, yerdan 45,5 metr balandlikda joylashgan.


Dastlabki o'yinlar
Jahon Chempionati-2018 o'yinlari o'tkaziladigan bazi bir boshqa stadionlar kabi “Ekatyerinburg Arena”da ham turnirga tayyorgarlikning yakuniy bosqich ishlari olib borilmoqda. Bu yerda mahalliy “Ural” klubi Rossiya Premyer-ligasining bir nechta o'yinlar o'tkazishi rejalashtirilgan.

Myeros
JCH-2018dan so'ng, ushbu stadion “Ural” futbol jamoasining asosiy arenasi bo'lib xizmat qiladi. So'nggi yillarda 87 yillik tarixga ega bu klub Rossiya Premyer-Ligasida muqim o'rnashib olgandi, o'tgan mavsumda esa hatto Rossiya Kubogi finaligacha chiqa oldi. Stadiondagi tomoshabinlar o'rindig'i “Ural” klubining logotipi kabi olovrangga bo'yalgan.

FIFA rasmiy saytidan Nozima Zaripova tarjima qildi


"Lujniki" stadioni haqida nimalarni bilishimiz kyerak?

“Rostov Arena” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kyerak? 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com