16 yoshli Vanner "Bavariya" rekordchisiga aylandi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2022
"Bavariya" yarim himoyachisi Paul Vanner Germaniya chempionati 18-turi doirasidagi Myonxengladbaxning "Borussiya"siga qarshi kechgan o'yinda (1:2) ishtirok etdi.

Germaniyalik yarim himoyachi 16 yoshu 15 kunligida maydonga tushdi va klub rekordini yangiladi.

Vanner "Bavariya"ning Bundesligadagi eng yosh debyutanti bo'ldi, deya xabar berdi "Opta".

Liganing butun tarixiga nazar solsak, bu ko'rsatkich bo'yicha peshqadam 16 yoshu 1 kunligida debyut qilgan Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Yussuf Mukoko sanaladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta

O'xshash yangiliklar