So’nggi yangiliklar

00:30Чемпионларни сақлаб қолиш: "Байер" ёзда кимларни йўқотиши мумкин? (мутолаа учун)  0 00:11"Реал" Мбаппе трансферини Чемпионлар лигаси финалидан сўнг эълон қилади!  2 23:30Ривалдо ЕЧЛ финали ҳақида: "Боруссия Д" ғалаба қозонади"  13 23:22Расман: Килиан Мбаппе июнь ойида ПСЖни тарк этишини эълон қилди  11 23:09Бразилия термаси Америка кубоги учун қайдномасини эълон қилди. Рўйхатда Каземиро йўқ  6 22:42Хуммельс ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди. Матс Винисиусни ортда қолдирди  2 22:20Про лигада 7-тур ортда қолди. Турнир жадвали қандай кўринишда?  1 22:03Футзал бўйича Олий лига. "Oil Star" "Навбаҳор"ни мағлубиятга учратиб, кумуш медалларга эга чиқди!  1 21:30ОФК Куала-Лумпур шаҳрида терма жамоалар мураббийлари учун конференция ўтказди. Катанец бу конференцияда кўриниш бермади  8 21:00Про лига. "Бухоро" йирик ҳисобда "Олимпик-MobiUz"ни мағлубиятга учратди  32 20:51Гнабри жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  2 20:35Ўша машҳур дўппи аукционда 50 миллион сўмга сотилди!  13 20:10"Арсенал" чемпионлик парадини режалаштирмоқда  10 19:52Про лига. "Арал" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  7 19:30Футзал бўйича Олий лига. 8 та гол урилган ўйинда "Металлург" "Бунёдкор"дан устун келди  0

Jaloliddin Masharipov: "Ertangi o'yinda g'alaba qozonib, keyingi bosqich masalasini hal etib qo'ymoqchimiz" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "Ertangi o'yinda g'alaba qozonib, keyingi bosqich masalasini hal etib qo'ymoqchimiz"

O'zbekiston terma jamoasi etakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov Championat.asia saytiga intervyu berdi.

Saytimiz vakillari Masharipov bilan bo'lib o'tgan savol-javoblar mobaynida Gonkongdagi maydon holati, Katanecning yo'qligi, Eron bilan to'qnashuv, futbolchining "Istiqlol"dagi muammolari xususida so'radilar. 

- Ertangi muhim o'yin oldidan fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Gonkong bilan birinchi o'yinimizni ijobiy o'tkazib oldik. O'sha o'yinda bizda ko'p imkoniyatlar bo'ldi, ammo unumli foydalana olmadik. Ertangi o'yinda g'alaba qozonib, keyingi bosqich masalasini hal etib qo'ymoqchimiz va bu orqali muxlislarni xursand qilish niyatidamiz. Yigitlar o'yinga shay holatda turishibdi.

- Gonkongdagi maydon haqida ko'p gapirildi. O'sha erda o'ynagan futbolchi sifatida nima deya olasiz? 

- Bundan ham yomon maydonlarda to'p tepganmiz. Maydonni aytib o'tib ketsak bo'ladi, ammo o'ylab qarasak, undan-da yomon maydonlarda o'ynab katta bo'lganmiz. Maydonning holatiga qaramay, g'alaba qozondik, bundan xursandmiz. Durang yoki mag'lubiyat xayolimizga ham kelmagandi. O'yindan oldingi mashg'ulotimizni o'sha stadionda o'tkazgandik. Biz kichik maydonda to'p tepishimizni bilgandik. Bilamiz, Gonkong va boshqa terma jamoalar bizdan cho'chiydi.

- Ertaga Katanecning bo'lmasligi futbolchilarga qanchalik tasir qiladi? 

- Hamma futbolchilar – professional. Yigitlar bilan uchrashuvga jiddiy yondashish kerakligini kelishib oldik. Ertaga muxlislar ko'z oldida murabbiy yo'qligini bildirmasligimiz va ularga yaxshi kayfiyat ulashishimiz kerak.

- "Istiqlol"dagi muammolaringiz bartaraf etildimi?

- "Istiqlol"dagi faoliyatimda muammo yo'q. Bir kun mashg'ulotda ishtirok etmadim, chunki dam olish kuni so'ragandim. Turli xabarlar tarqaldi, ammo hech qanday muammo bo'lmadi, hammasi joyida.

- Gonkongni yutsak, avtomatik ravishda keyingi bosqichga chiqamiz. Faqat birinchi o'rin masalasi hozircha hal etilmay qoladi. Eron chempionatida o'ynayotgan futbolchi sifatida Eron MTJni safarda mag'lub etish qanchalik haqiqatga yaqin deb o'ylaysiz?

- "Istiqlol"dagi terma jamoa vakillari bilan suhbatlashganimda, ular O'zbekistonni kuchli deya takidlashdi. Sal avval aytganimdek, O'zbekiston terma jamoasidan hamma qo'rqadi. Bugungi kunda har bir terma jamoa bilan qo'rqmasdan, bemalol o'ynay olamiz. Bizdan ko'pchilik cho'chiydi. Penaltilar ustida astoydil ishlasak bo'lgani.

Jahon chempionati 2-saralash bosqichi "E" guruhi 4-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Gonkong uchrashuvi ertaga 19:30 da boshlanadi. Uchrashuvga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi.

Reyting: +16   

Fikrlar

+1   
25 mar 19:03:20
David Terezege
Шуна килилар
+1   
25 mar 18:35:52
Азим Исмаилов
АРСЛОН foydalanuvchining fikriga javob berish
Qanaqasiga oldindan chiqadi 1- 2- o‘rinlar avtomatik tarzda chiqadimi shunda
Кейинги боскичга 1 ва 2 уринни оладиган жамоалар чикади лекин кейинги боскичда курьага 1 еки 2 урин тасир килмайди
+1   
25 mar 18:32:36
TeMuR1994
Axrorbek Studio foydalanuvchining fikriga javob berish
Juda kop oyinchilarimiz keyingi bosgichda aynan Qatar blan oynashni juda qattiq xoxlashyapti ekan
yanchib tashash kerak qatar yutish tugul bizga oyinda gol urishga qiynaladigan balki 10 yildan beri gol urolmagan jamoa oxirgi martda 2014 bunyodkorda 5-1 da adashib uribqoygan tushunarsiz gop nesterovdi boshi og'rib turgan vaqtda
+1   
25 mar 18:20:01
Axrorbek Studio
TeMuR1994 foydalanuvchining fikriga javob berish
xa yutishdi xoxlasak Alloh nasib qilsa osiyodagi xammani yuta olamiz osha qatar bilan oyinda negadur yutishdi xoxlamagandek tuyildi eslagandan foyda yoq lekin muhlis sifatida buni iloji yo'q
Juda kop oyinchilarimiz keyingi bosgichda aynan Qatar blan oynashni juda qattiq xoxlashyapti ekan
   
26 mar 06:16:26
Ibroxim
Lochin Ziyadullayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Катта гапирдингми гапинга жавоб беришинг керак агар ютолмасаларинг вабше энг катта чичко сен буласан гонгконг биз учун осон ракиб лекин бемалол ютамиз деб хархил финтлар килиб чичиб куйма агар пеналти тепсанг паненка килсанг яна демак сен узгармагансан ватан гурури сени ужарлигинг олдида бир пул дегани булади
Birodar jaloliddin juda kuchli oʻyinchi. Penaltilarda omadi kelmagani rost lekin juda keng koʻlamli ishni bajarib bergan
   
25 mar 23:27:28
Bexzodbek Mannopov
Эронни Озодида ютмасек хисобмас бари бир
   
25 mar 23:13:58
Davronbek Abduvaliev
Агар ЖЧ финал босқичига чиқсаларинг хамма қўрқиши мумкин. Омад.
   
25 mar 23:13:50
Davronbek Abduvaliev
Агар ЖЧ финал босқичига чиқсаларинг хамма қўрқиши мумкин. Омад.
   
25 mar 23:13:36
Davronbek Abduvaliev
Агар ЖЧ финал босқичига чиқсаларинг хамма қўрқиши мумкин. Омад.
   
25 mar 19:22:31
{ CHELSEA }
Kalash...
   
25 mar 18:19:07
АРСЛОН
Qanaqasiga oldindan chiqadi 1- 2- o‘rinlar avtomatik tarzda chiqadimi shunda
   
25 mar 17:55:26
TeMuR1994
xa yutishdi xoxlasak Alloh nasib qilsa osiyodagi xammani yuta olamiz osha qatar bilan oyinda negadur yutishdi xoxlamagandek tuyildi eslagandan foyda yoq lekin muhlis sifatida buni iloji yo'q
   
25 mar 17:37:45
assassin
Ха Осиё кубогидака уйнелар )
-4   
25 mar 18:17:31
Lochin Ziyadullayev
Катта гапирдингми гапинга жавоб беришинг керак агар ютолмасаларинг вабше энг катта чичко сен буласан гонгконг биз учун осон ракиб лекин бемалол ютамиз деб хархил финтлар килиб чичиб куйма агар пеналти тепсанг паненка килсанг яна демак сен узгармагансан ватан гурури сени ужарлигинг олдида бир пул дегани булади
championat.asia
Яндекс.Метрика