

PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe klubdan ketayotganini ilk bor ommaga ma'lum qildi. Kilian Mbappe yakshanba kuni "Park de Prens"da so'nggi o'yinini o'tkazadi. "Tuluza"ga qarshi bo'ladigan ushbu o'yinda u PSJ muxlislar bilan xayrlashadi. Uning to'liq bayonotini bu yerdan topishingiz mumkin.
Ma'lumot uchun, deyarli barcha taniqli manbalar Mbappening keyingi klubi "Real Madrid" bo'lishini tasdiqlashgan.




