So’nggi yangiliklar

11:30Бенземага Франциядан харидор чиқди  0 11:05Хаби Алонсо мавсумдаги илк мағлубиятдан кейин: "Бу оғриқли мағлубият"  1 10:53"Реал" Крооснинг ўрнига кимни олиб келмоқчи?   0 10:32Лукман — Европа лигаси финалида хет-трик қайд этган тарихдаги иккинчи футболчи  0 10:10"Барселона" Фликни қачон бош мураббий сифатида эълон қилиши маълум  6 10:0166 ёшли Гасперини фаолиятидаги биринчи совринни қўлга киритди. У Европа лигаси тарихига ҳам кирди  4 09:04Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Ҳиндистон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  1 08:46"Челси" таклифини рад этган Германия терма жамоаси собиқ мураббий Испанияга боришни истамоқда   1 08:15Футзал. Бугун мавсумнинг сўнгги учрашувлари ва тақдирлаш маросими бўлиб ўтади. Тадбирга Муниса Ризаева ҳам келади  0 07:50Адемола Лукман: "Бу кун ҳаётимдаги энг яхшиси бўлди"  5 07:26Про лига. Бугун Тошкент ва Нукусда учрашув бор  0 03:45Европа Лигаси финал. "Аталанта" - "Байер" 3:0   1 02:23“Байер”нинг 51 ўйиндан иборат мағлубиятсиз серияси ўз якунига етди  9 01:55"Аталанта" йирик ғалаба билан "Байер" эртагига якун ясади ва Европа лигаси чемпионига айланди!  107 01:33"Ливерпуль" ўзига керакли мураббийни LinkedIn орқали қидирмоқда  1

CHempionlarni saqlab qolish: "Bayer" yozda kimlarni yo'qotishi mumkin? (mutolaa uchun) Yangiliklar

CHempionlarni saqlab qolish: "Bayer" yozda kimlarni yo'qotishi mumkin? (mutolaa uchun)

Ularning ko'plarini top-klublar kuzatmoqda.

"Bayer" muddatidan avval maksimum vazifani bajardi – tarixiy chempionlik qo'lga kiritildi. Ammo, bu hali "farmacevtlar" uchun ertaknamo mavsumning yakuni emas. Ular boshqa sovrinlar, jumladan Evropa ligasini yutishlari mumkin. Ammo, yoz nemis klubi uchun oson bo'lmaydi. "Bayer" bosh murabbiy Xabi Alonsoni saqlab qoldi, ammo o'yinchilar bilan buni amalga oshirish qiyinroq bo'ladi. Ularning ko'pi top-klublar diqqat-etiborida bo'lib turibdi. "Farmacevtlar"ning ulardan ayrimlarini hatto chempionlikdan so'ng ham saqlab qolishlari qiyin bo'ladi. Bugun "Bayer" yozda yo'qotishi mumkin bo'lgan o'yinchilar haqida gaplashamiz.


Edmond Tapsoba

Tapsoba "Bayer" tarkibidagi beshinchi mavsumini o'tkazmoqda. U 4 yildan beri "farmacevtlar"ning asosiy markaziy himoyachisi hisoblanadi. Agar chempionlik bo'lmaganida 25 yoshli himoyachi yuqoriroq bosqichga chiqishga loyiq deb aytish mumkin edi. Tituldan so'ng bunday deyish unchalik ham to'g'ri emas, ammo baribir unda top-klublardan taklif qolmoqda. O'yinchiga APLdan katta qiziqish mavjud. Yozda uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" qiziqish bildirdi. Joriy mavsum davomida ularga yana bir necha klublar qo'shildi. Futbolchiga qiziqish ortmoqda, shu sabab u ertami-kechmi oldinga katta qadam tashlaydi.


Yosip Stanishich

Stanishich 2017 yildan beri "Bavariya" tizimida. Myunxenliklar bu vaqt davomida o'yinchini o'zlarida saqlashdi, himoyachilar bilan muammo bo'lganda esa "Bayer"ga ijara asosida yuborishdi. Xorvat nafaqat "rekordmaysterlar"ning raqobatdoshiga titul uchun kurashda yordam berdi, balki chempionlik poygasida ko'p narsani hal qilib bergan "Bavariya"ga qarshi o'yinda gol ham urdi. Yosip doim ham asosiy tarkibda maydonga tushmaydi, ammo umumiy olganda Alonso jamoasi uchun yaxshi o'yinchi hisoblanadi. Nemis OAV xabariga ko'ra, "farmacevtlar" 24 yoshli markaziy himoyachini xarid qilishni xohlashmoqda, ammo buni qilish qiyin bo'ladi. Myunxenliklar futbolchini ketma-ket ikkinchi yil qo'yib yuborishmoqchi emas va kelasi mavsumda unga ishonch bildirishmoqchi. Ammo, ko'p narsa yangi murabbiyning poziciyasiga bog'liq bo'ladi.


Jonatan Ta

"Bayer"ning "Bavariya"ga o'tishi mumkin bo'lgan yana bir himoyachisi. Ta 9 yildan beri Leverkuzenda o'ynamoqda. Futbolchining "farmacevtlar" bilan shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan va hozirda uning kelajagi klub uchun juda muhim masala hisoblanadi. Klub bosh direktori Fernando Karro yaqinda bergan intervyusida o'yinchilarni tekinga yo'qotmaslikni xohlashini aytdi. U nemisning "Bayer"da qolishiga umid qiladi, ammo Ta shartnomani uzaytirishni xohlamasa, klub uni transfer bozoriga qo'yadi. So'nggi yangiliklarga ko'ra, 28 yoshli markaziy himoyachiga 20 mln evro to'lashga tayyor bo'lgan "Bavariya" qiziqish bildirmoqda. O'yinchi faoliyatini Myunxenda davom ettirishga qiziqmoqda. Balki bu bilan nimadir amalga oshar.


Alexandro Grimaldo

Grimaldo "Bayer"da ilk mavsumini o'tkazmoqda va bu samaradorlik bo'yicha uning uchun eng yaxshisi. 28 yoshli fulbek faqatgina Bundesliganing o'zida gol+pas tizimi bo'yicha 22 ochko (9+13) to'pladi. U shuningdek Evropa ligasida 2ta gol va 3ta assist qayd etgan. Ispan "Benfika"da ham yomon o'ynamadi, ammo Germaniyada o'zini butun dunyoga ko'rsatdi. Bir necha bor "Barselona"ning o'z tarbiyalanuvchisini ortga qaytarishni xohlayotgani haqida xabarlar chiqqandi, ammo buni amalga oshirish qiyin bo'ladi. Hatto nemis klubi o'yinchini sotuvga qo'yishga rozi bo'lsa ham, transfer narxi juda katta bo'ladi. SHuningdek, futbolchi bilan shartnoma imzolashga "Bavariya", "Liverpul" va "CHelsi" qiziqmoqda. Ushbu klubning moliyaviy holati "ko'k-anorranglilar"nikidan yaxshiroq.


Jeremi Frimpong

Frimpong "Bayer" tarkibida to'rtinchi mavsumini o'tkazmoqda, ammo eng muvaffaqiyatlilari so'nggi ikki mavsum bo'ldi. 23 yoshli xavbek o'tgan mavsum Bundesligada 8ta gol va 7ta assist qayd etgan holda gol+pas tizimi bo'yicha 15 ochko jamg'ardi. U joriy mavsumda bu ko'rsatkichni takrorladi. "Manchester Yunayted" o'tgan yozdayoq niderlandiyalik bilan shartnoma imzolashga urindi, ammo nimadir o'xshamadi. MYU haligacha o'yinchiga qiziqadi, ammo hozirda boshqa davogarlar, jumladan "Bavariya" va Madridning "Real" klublari bor. Har qanday xohlovchi klub Evropa chempionati boshlanishiga qadar futbolchining tovon puli bandini faollashtirishi mumkin. U 40 mln evroni tashkil etadi. Agar kimdir uni to'lashga tayyor bo'lsa, keyinchalik barchasi o'yinchining qaroriga bog'liq bo'ladi.


Florian Virc

Kay Xaverc ketganidan so'ng "Bayer"ning yangi yulduzi Virc bo'ldi. Florian "farmacevtlar" safiga 2020 yilning qishida "Kyoln"dan o'tdi va yozdayoq birinchi jamoaga o'tkazildi. Yosh nemis o'tgan yillar mobaynida katta tezlik bilan o'smoqda va buni haligacha davom ettirmoqda. 22 yoshli xavbek gol+pas tizimi bo'yicha 22 ochko (11+11) jamg'argan holda Bundesligadagi eng yaxshi mavsumini o'tkazmoqda. U "Bayer"da va butun nemis chempionatida jamoadoshi Grimaldodan keyin eng yaxshi ikkinchi assistent va "farmacevtlar"ning eng yaxshi to'purari hisoblanadi. O'yinchi uchun bosh davogar Madridning "Real" klubidir. Bu ro'yxatda "Bavariya" ham bor. Leverkuzen futbolchisini 150 mln evroga baholamoqda. Virc oldiroq kamida 2025 yilning yoziga qadar "Bayer"da qolish istagi haqida malum qilgandi, ammo nemisni haqiqatdan ham katta klub chorlaganda, barchasi o'zgarishi mumkin.


Viktor Bonifase

Bonifase ilk o'yinlarida dubllar qayd etgan holda Bundesligaga yorib kirdi. "Bayer" o'tgan yozda Viktorni "Union"dan 20,5 mln evro evaziga xarid qildi va umuman afsuslangani yo'q. Uni bir necha oyga safdan chiqargan tizzasidagi jarohatgan qaramay, 24 yoshli hujumchi Virc bilan birgalikda chempionatda 11ta to'p kiritgan holda o'z jamoasining eng yaxshi to'purari hisoblanadi. U shuningdek 8ta assist qayd etgan. Top-klublar sifatli forvardlar uchun faol tarzda ovga chiqishini hisobga olganda, unda Evropada talab bor. Futbolchi bilan shartnoma imzolashga "CHelsi", "Arsenal" va Dushan Vlaxovichning ehtimoliy ketishini hisobga oladigan "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. "Bayer" futbolchini sotmoqchi emas, ammo klublar rad eta olmaydigan takliflar bo'lib turadi.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика