Zidan Beylni "Real"da ko'rishni xohlamayapti

Alisher
6 mar 2021, 13:03
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Londonning "Tottenxem" jamoasida ijara asosida o'ynayotgan uelslik vinger Garet Beylning "qirollik klubi"ga qaytishiga qarshi chiqmoqda.

Fransiyalik mutaxassis klub prezidenti Florentino Peres bilan shaxsiy suhbatda 31 yoshli futbolchiga ishonch bildirmasligini aytdi.

Zidan o'yinchi Angliyada muvaffaqiyatli mavsum o'tkazsa ham, unga nisbatan o'z qarashini o'zgartirmoqchi emas.

"Shporlar" Garetni joriy mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishgan. Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football.London