"Yuventus" Ryudiger bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi

Alisher
19 mar 2022, 15:47
"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger "Yuventus"ga o'tishga yaqin.

29 yoshli o'yinchi "keksa sinora" bilan to'rt yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

Nemis yozda erkin agentga aylanadi, shu sabab u Turin klubiga tekinga tushadi.

Ryudigyerda A Seriyada o'ynash bo'yicha tajriba bor: u 2015-2017 yillar davomida "Roma"da o'ynagan. "Chelsi" 2017 yilning iyulida uni taxminan 34 million funtga xarid qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it