"Yuventus" qishda faqatgina bir poziciya uchun futbolchi sotib olishga harakat qiladi

Mirjalol Normatov
4 dek 2022, 11:33
Qishki transferlar oynasi vaqtida "Yuventus" unchalik faol bo'lmaydi.

Klubdagilar qishda faqatgina o'ng qanot himoyasida zaxira varianti uchun unchalik qimmat bo'lmagan bir futbolchini sotib olishga harakat qiladi. Undan tashqari, Turin klubi qishda ketadigan biror futbolchining o'rnini ham to'ldirishga intiladi.

"Yuventus" short-listida "Roma" himoyachisi Rik Karsdorp va "Valyadolid" fullbeki Ivan Fresneda bor. Shuningdek, chap qanot himoyada muammo tug'ilsa, "Atalanta" futbolchisi Yoakim Melening transferi ko'rib chiqiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport