"Yuventus" Iguain o'rniga Germaniya grandi forvardini xarid qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2018, 15:55
Agar "Yuventus" safini Gonsalo Iguain tark etsa, Turin jamoasi "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskini sotib olishi mumkin.

Oldinroq, Iguain Mauro Ikardi bilan almashtirilib, "Inter"ga o'tishi e'lon qilingan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Levandovski yangi chaqiruvlarga muhtoj, chunki u "Bavariya"dagi hozirgi holatdan mamnun emas. Uning agenti Pini Zaxavi PSJ, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" bilan muzokara o'tkazayotganini tasdiqlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport