"Yuventus" "Barselona" futbolchisi bilan muzokara o'tkazish uchun ruxsat oldi

Alisher
28 apr 2020, 16:40
Braziliyalik Artur tez orada "Barselona"dan ketadi.

O'yinchiga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda va kataloniyaliklar turinliklarga yarim himoyachi bilan muzokara o'tkazish uchun "yashil chiroq" berishdi.

"Ko'k-anorranglilar"da moliyaviy ahvol yaxshi emas, shu sabab klub maoshlar miqdorini kamaytirish uchun 23 yoshli futbolchisi bilan xayrlashmoqchi.

Arturning "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchini 56 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo