

O'FF rasmiy tvitterining ma'lum qilishicha, ushbu o'yinda futbolchilarimiz oq libosda harakat qiladilar. Eronliklar esa o'sha kuni qizil rangli futbolkalarda maydonga tushadilar.
Eslatib o'tamiz, ushbu o'yin 24 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:15 da boshlanadi.
Agar futbolchilarimiz eronliklarni mag'lub eta olsalar kelasi yili Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadilar.



