XXI asrning eng yaxshi futbolchilari reytingi tuzib chiqildi

Eldor Akmurzayev
23 okt 2019, 00:50
Britaniyaning The Independent nashri XXI asrning eng yaxshi futbolchilari reytingini e'lon qildi.

Unga ko'ra, ro'yxatda birinchi o'rin Argentina hamda “Barselona” sardori Lionel Messiga nasib qilgan. Undan keyingi pog'onada esa Portugaliya terma jamoasi va “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu joy olgan. Kuchli uchlikka joriy yil butsalarini mixga ilgan ispaniyalik Xavi yakun yasagan. Ovoz berish jarayonida 10 nafar jurnalist qatnashdi. 

TOP-10 esa quyidagi ko'rinishda: 

1. Lionel Messi
2. Krishtianu Ronaldu
3. Xavi
4. Ronaldinyo
5. Andres Inesta
6. Ronaldo
7. Terri Anri
8. Zinedin Zidan
9. Kaka
10. Fabio Kannavaro.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Independent