“Xorazm” jamoasi poytaxtda yig'in o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
15 mar 2015, 17:52
Joriy yilgi birinchi liga o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan Urganch shahrining “Xorazm” jamoasi Toshkent shahrida o'n kunlik o'quv-mashg'ulot yig'inini uyushtiradi.
Ayni damda, urganchlik futbolchilar bosh murabbiy Vali Sultonov boshchiligida poytaxtga qarab yo'lga chiqishgan.
  
Jamoaning safari oldidan “Xorazm” futbol klubi direktori Sultonboy Nurmetov bilan uchrashib muxtasar suhbatlashdik.

- Jamoaning ushbu yig'inidan ko'zlangan maqsad nimalardan iborat?
- 25 mart sanasiga qadar davom etadigan mashg'ulotlarimiz qatorida 5-6 ta nazorat uchrashuvlarini o'tkazishni ko'zlayapmiz. Bundan tashqari futbolchilarimiz maxsus tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Qolaversa, Toshkentdagi yig'inimiz mobaynida jamoamizning yakuniy tarkibi aniqlab olinadi.
    
-  Tarkibda o'zgarishlar bormi?

-  Jamoamizning o'tgan yilgi tarkibi deyarli saqlab qolindi. Ular safiga viloyatimizning 2-liga o'yinlarida to'p surgan qator yosh futbolchilarni jalb qilganmiz. Umuman, yig'inimiz chog'ida maydondagi ayrim chiziqlarni kuchaytirish maqsadida “Xorazm”ga yana 3-4 ta futbolchini chaqirishni rejalashtirganmiz. Zero, asosiy maqsadimiz chiroyli o'yinlarimiz bilan muxlislarimizni quvontirishdir.

Ikrom  XUDOYBERGANOV,

Narzulla SaydullayevMuallif