Xonda “Milan”ga o'tishini tezlashtirish uchun oyligini kamaytirilishiga rozi bo'ldi

Tolibjon Qosimov
31 iyul 2013, 12:43
SSKA yarim himoyachisi Keysuke Xonda, “Milan”ga qishda emas, yozgi transfer oynasi yopilishi oldidan o'tish uchun o'zining moliyaviy talablarini kamaytirishga rozi bo'ldi.
Dastlab Yaponiya terma jamoasining 27 yoshli futbolchisi italiyan klubi bilan yillik 2,5 million evro maoshga kelishib olgandi, ammo armiyachilar uning transfer narxini 5 milliondan 3 millionga kamaytirishga rozi bo'lmaganliklaridan so'ng, Xonda “Milan”da yiliga 1,8 million evro olishga rozi bo'ldi, deya xabar beradi Milan News.

Manbaaning ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bir vaqtda agenti ham bo'lmish akasi bugun Milanda “Rossoneri”lar bilan birlamchi shaxsiy shartnomani qayta tuzish uchun klub rahbarlari bilan uchrashadi.

Eslatib o'tamiz, shu yilning dekabr oyi oxirlarida Xonda erkin agent bo'lishi mumkin. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru