Xitoy klubi "Real"ning eng yaxshilaridan birini o'ziga og'dirib oldi

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2018
"Real" tibbiy shtabining eng yaxshi vakillaridan biri bo'lgan shifokor Xoakin Mas tez orada Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, jahon sporti tibbiyotida yuqori baholanadigan Xoakin Xitoy klubi bilan shartnoma borasida kelishib olgan va "Real" bilan xayrlashdi. Mutaxassis tez orada "Shanxay Shenxua" yig'in o'tkazayotgan Marbelyaga yo'l oladi.

Xitoy chempionatining yangi mavsumi mart oyida start oladi. O'tgan mavsum yakuniga ko'ra, "Shanxay Shenxua" turnir jadvalida 11-o'rinni egalladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca