Xitoy klubi Maskeranoga 3 barobar ko'proq maosh to'lamoqchi

8 dek 2017, 23:08
Avval xabar berilganidek, “Barselona” himoyachisi Xaver Maskerano doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida yanvar oyida kataloniya klubini tark etish niyatida.

Sport.es nashrining xabariga ko'ra, Xitoy superligasi vakili “Xebey Chayna Forchun” klubi Maskeranoga hozirgidan uch barobar ko'proq maosh to'lashga tayyor. Futbolchi “Barselona”da yiliga 4,5 million evr ishlab topadi.Maskeranoning klubi bilan tuzgan shartnomasi 2019 yilning yozida nihoyasiga etadi. Futbolchini yanvardagi transfer oynasi vaqtida klubni tark etishi kataloniyaliklarga ma'lum mablag'ni iqtisod qilish va bu pulni ushbu transfer paytida boshqa futbolchiga sarflash imkoniyati tug'iladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sport.es