

"Maqsadimiz - g'alaba qozonish. Biz yaxshi holatda emasmiz va Chempionlar ligasidan chiqib ketishimiz mumkin. Maqsad - yaxshi tayyorlanib, yuqoriga ko'tarilish.
Biz sovrinlar uchun kurashishimiz kerak. Noldan boshlayotganimiz yo'q. Lekin, pozitiv kayfiyatni ko'rsatib, "Barsa" hozirgi holatga loyiq emasligini isbotlashimiz lozim. Ko'ramiz, qanchalik uzoqqa bora olarkinmiz", - dedi Xavi.
Ma'lumot uchun, bugun "Barselona" La Liga doirasida "Espanol"ga qarshi o'ynaydi. Bu Xavi uchun "Barsa" bosh murabbiyi sifatida ilk o'yin bo'ladi.



