Xames Rodriges "Bavariya"ga o'tishdan oldin "Real" bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2017, 13:14
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges jamoani tark etishdan avval "Qirollik klubi" bilan yangi shartnoma tuzdi.

11 iyul kuni Kolumbiya terma jamoasi futbolchisi ijara asosida "Bavariya"ga o'tdi. Kelishuv 2 yilga mo'ljallangan. Myunxenliklar 40 mln. evro evaziga futbolchining transfer huquqini xarid qilishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, Xames Rodriges "Bavariya"ga o'tishdan oldin "Real" bilan shartnomani 2021 yilgacha uzaytirgan. Agar myunxenliklar yarim himoyachini sotib olmasa, ispan grandi futbolchini o'z safiga qaytaradi. Kolumbiyalikning avvalgi kelishuvi 2019 yilning yozida o'z kuchin yo'qotar edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca