Villian o'zi uchun dunyodagi eng kuchli futbolchi kim ekanligini aytdi. Bu Messi yoki Ronaldu emas

Alisher
14 noya 2019, 15:25
"Chelsi"ning hujumkor o'yinchisi Villian o'zi uchun eng kuchli futbolchi kim ekanligini aytdi.

- Ronaldinyo hammasidan zo'r bo'lgan. Krishtianu va Messidan ham. Ha, ular juda ko'p gol urishgan, ammo Ronni hammasini aqlbovar qilmas darajada bajargan. U maydonda sehr ko'rsatgan va gol ham urgan. Istedodining muxlisi sifatida ayta olamanki, u futbolni juda erta tark etgan.

Agar u o'sha darajada yana 2 yil o'ynaganida edi, uch, to'rt yoki besh martalab dunyoning eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan bo'lar edi. U mening futboldagi eng katta kumirim, - deydi Villian.

Ronaldinyo "Oltin to'p" sohibi hisoblanadi va FIFA talqiniga ko'ra ikki karra yilning eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal