"Vest Xem" futbolchisi okeanortiga yo'l oladi

15 fev 2020, 22:31
Bu haqida Kanzasning "Sporting" klubi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Yangi Zelandiya termajamoasi himoyachisi Uinston Rid "Vest Xem"ni tark etadi. 31 yoshli futbolchi MLS vakili hisoblanadigan "Sporting"ga (Kanzas-Siti) ijaraga berib yuborildi.

Rid xalqaro transfer sertifikatiga ega bo'lgach MLSning yangi mavsumida maydonga tushishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/SportingKC