MLS. "Inter Mayami" 5ta gol urilgan o'yinda g'alabaga erishdi, Leoda 1+1, Suares g'alaba to'pini kiritdi. O'yinga esa 72 610 (!) muxlis tashrif buyurdi

Alisher
14 apr 2024, 11:39
"Inter Mayami" MLS doirasida mehmonda "Sporting Kanzas Siti" (3:2)ga qarshi bahs olib bordi.

Floridaliklar irodali g'alabaga erishishdi. Messi gol va assist qayd etdi, Luis Suares esa 71-daqiqada g'alaba golini urdi.

Qayd etish kerakki, Arrowhead Stadium'dagi o'yinga 72 610 muxlis tashrif buyurdi, bu liga tarixidagi 4-natija.


"Sporting Kanzas Siti" – "Inter Mayami" 2:3

Gollar: 1:0 – 6 Tommi, 1:1 – 18 Gomes, 1:2 – 51 Messi, 2:2 – 58 Tommi, 2:3 – 71 Suares.

"Sporting Kanzas Siti": Melia, Fontas, Rosero, Lyaybold, Radoya, Valter (Ernandes, 45), Tommi (Rassell, 84), Davis, Pulido, Shalloi, Agade.

"Inter Mayami": Kellender, Veygandt, Freyre, Aviles, Alba (Negri, 78), Buskets, Gressel (Kremaski, 67), Ruis, Gomes (Brayt, 90), Messi, Suares.

Ogohlantirish: Aviles (15), Gomes (56), Ernandes (79), Radoya (83), Davis (88).


MLS TURNIR JADVALI


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia