Vardi Ronalduni ortda qoldirib, Torres va Azar bilan tenglashib oldi

Eldor Akmurzayev
30 sen 2019, 00:40
APL 7-turida Lester o'z maydonida Nyukaslni tor-mor (5:0) etdi.

Tulkilar forvardi Jeymi Vardi ushbu bahsda o'z hisobiga dubl rasmiylashtirdi va Premer-Ligadagi gollari sonini 85taga etkazdi. Vardi mazkur ko'rsatkich bo'yicha Krishtianu Ronaldudan (84 gol, 196 o'yin)  o'tib kyetib, Fernando Torres (85, 212) hamda Eden Azar (85, 245) bilan tenglashib oldi. 

Faqat farqi shundaki, Vardi bu natijaga boshqalarga nisbatan kamroq o'yinda (183) erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Squawka