Van Gal MYUning o'nga yaqin futbolchisini sotib yubormoqchi

Aziz Tukhtamuradov
17 iyul 2014, 13:19
"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Lui van Gal o'nga yaqin futbolchini sotib yuborish niyatida.
Ma'lumotlarga qaraganda, gollandiyalik murabbiy jamoadan ketadigan futbolchilar ro'yxatini ham tuzib qo'ygan.

Eshli Yang, Patris Evra, Vilfrid Zaxa, Maruan Fellayni, Bebe, Anderson, Tom Kleverli, Luish Nani va Nik Pauell kabi futbolchilar "qizil iblislar" safini tark etishlari kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, jamoani Nemanya Vidich va Rio Ferdinand kabi futbolchilar tark etib ulgurishdi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: euro-football.ru