Ukraina terma jamoasi saralash bahslarida to'rt yildan ortiq vaqt davomida mag'lubiyatga uchramadi

Aslanov Jasurbek
17 noya 2021, 19:02
Ukraina terma jamoasi jahon chempionati saralashini mag'lubiyatsiz yakunladi.

Endilikda Aleksandr Petrakov shogirdlari mart oyi oxirida bo'lib o'tadigan pley-off bosqichiga tayyorgarlik ko'rishadi.

Agar Yevropa va jahon chempionati saralashini oladigan bo'lsak, Ukraina terma jamoasi oxirgi marta 2017 yilning oktyabr oyida Xorvatiyaga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. O'shandan beri "sariq-ko'klar" Evro-2020 (6 g'alaba, 2 durang), shuningdek, JCH-2022 saralashini (2 g'alaba, 6 durang) mag'lubiyatsiz bosib o'tishdi.

Ukraina terma jamoasining saralash bosqichidagi mag'lubiyatsiz 16 o'yinlik seriyasiga Portugaliya (g'alaba va durang) va Fransiyaga (ikki durang) qarshi o'yinlar ham kiradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia