Turk grandi Promesni ijaraga olmoqchi

Alisher
20 yanv 2021, 13:30
"Ayaks" yarim himoyachisi Kuinsi Promes faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin.

29 yoshli futbolchiga Istanbulning "Galatasaroy" klubi qiziqish bildirmoqda. Turklar Promesni mavsum so'ngga qadar ijaraga olishmoqchi. Tomonlar muzokara olib borishmoqda.

Oldinroq vingerga Moskvaning "Spartak" klubi qiziqish bildirayotgani borasida xabarlar yangragan edi. Kuinsi "qizil-oqlar" safida 2014-2018 yillarda o'ynagan.

Promes joriy mavsum Erediviziya safida 17ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Aslan Arenasi