Ture: "Manchester Siti" MYUdan buyukroq klub bo'lishini istayman"

Aslanov Jasurbek
21 dek 2016, 16:41
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Ture o'z jamoasini "Manchester Yunayted"dan buyukroq klubga aylantirmoqchi ekanligini aytdi.

"Bu klubga tarix yaratish uchun o'tganman. U "Manchester Yunayted"dan buyukroq bo'lishini istayman. Ko'p mehnat qilish kerakligini bilaman, ammo bu mening orzuim. Ikki marotaba Premer-ligada g'olib bo'ldim, ammo ko'prog'ini istayman.

Hozir o'zimni 20 yoshdagidek his qilyapman. Vazifam - jamoa harakatda bo'lishi kerak. Rolim - hujum tashkil qilish va futbolchilar bilan muloqotda bo'lish. Biz futbol o'ynashni istaydigan jamoamiz, ammo bazida ular ehtiyot bo'lishlarini aytish kerak" - deydi Ture.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian