Tripper shoshilinch ravishda Angliya termasi ixtiyorini tark etdi

Mirjalol Normatov
19 noya 2023, 17:30
Angliya termasi futbolchisi Kiran Tripper milliy jamoa ixtiyorini tark etdi.

Futbolchi Maltaga qarshi o'yinda 90 daqiqa harakat qildi, biroq u dushanba kuni Shimoliy Makedoniyaga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi. Tripperning ketishi shaxsiy sabablarga bog'liq. Bu borada "Nyukasl" ham aniq ma'lumot taqdim qilmadi.

Angliya termasi oktyabr oyidayoq Evro-2024ga chiqqanini rasmiylashtirib bo'lgan. Turnirning final bosqichi kelasi yili Germaniyada bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal