Suratkashlar Argentina terma jamoasining taxminiy tarkibini ko'rib qolishdi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
26 mar 2018, 12:31
27 mart kuni "Vanda Metropolitano" stadionida Ispaniya hamda Argentina terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Argentinaliklar 25 mart kuni "Real"ning Valdebebasdagi bazasida mashg'ulot o'tkazdi. Ushbu mashg'ulot jarayonini suratga olgan muhbirlar jamoaning Ispaniya terma jamoasiga qarshi taxminiy tarkibi yozilgan sxemani ko'rib qolishdi. Ushbu tarkibda mushaklarida og'riq sezayotganligi haqida e'lon qilingan Lionel Messi ham bor.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya - Argentina uchrashuvi 27 martdan 28 martga o'tar kechasi 00:30da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS