

Jamoalar endi 6tadan 2ta guruhga ajratiladi. Dastlabki guruh chempionat medallari uchun kurash olib borsa, ikkinchi oltitalik Superligada jon saqlab qolish uchun bahs yuritadi.
Jamoalar endi o'z guruhi doirasida uy-safar tizimida jami 10ta uchrashuv o'tkazishadi.
Jon saqlash yo'lida oxirgi o'rinni olgan jamoa Pro-ligaga yo'l oladi. Jon saqlash yo'lida 4 va 5-o'rinni egallaydigan klublar esa o'tish o'yinlarida qatnashadi.
Superliganing hal qiluvchi bosqichi 13 sentyabr kuni start oladi. Keyingi bosqichning qur'a tashlash marosimi sanasi esa yaqin kunlarda e'lon qilinadi.



