Sulsher: "Umid qilamanki, uning transferini yaqin orada e'lon qilamiz"

Eldor Akmurzayev
4 avg 2019, 01:55
Manchester Yunayted ustozi Ole-Gunnar Sulsher Lester himoyachisi Garri Maguayrning transferi borasida fikr bildirdi.

“O'ylaymanki, dam olish kuni so'nggi arzimas narsalar hal etiladi va biz yaqin orada Maguayrning transferini e'lon qilamiz. Keling biroz sabr qilaylik. Ha u Chelsiga qarshi APLning ilk turida o'ynashi mumkin. U yangi mavsum oldidan bir necha o'yin o'tkazdi va biz yana uning holatiga baho beramiz", deydi Sulsher.

Avvalroq, tulkilar ustozi ham Angliya termasi a'zosining qizil iblislar safiga o'tishini tasdiqlagandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports