Sulsher: "Yevropaning eng kuchli jamoalaridan birini mag'lub etdik. Xo'sh, nima uchun finalga chiqishni maqsad qilmasligimiz kerak?"

Mirjalol Normatov
28 okt 2020, 23:15
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoaning YCHLdagi maqsadi haqida gapirdi.

- O'tgan mavsumda YCHLda qatnashish uchun juda qattiq mehnat qildingiz. Shunga yarasha jamoaning o'yinlaridan zavq olyapsizmi?
- Ha, albatta, bu maksimum. Biz har bir uchrashuvda g'alaba qozonish uchun maydonga tushyapmiz. Tarkibimiz yaxshi va sifatli futbolchilardan tashkil topgan. Shu boisdan navbatdagi o'yinlarda g'alabani ko'zlasak bo'ladi.

Biz Yevropaning eng kuchli jamoalaridan birini safarda mag'lub etdik. Xo'sh, nima uchun YCHL finalini maqsad qilmasligimiz kerak?, - dedi Sulsher.

Bugun mankunianliklar YCHLning 2-turida "Leyptsig"ga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal