Sterling: "Manchester Siti" nuqtani qo'ydi va bu ajoyib bo'ldi"

Alisher
3 iyul 2020, 11:11
"Manchester Siti" vingeri Rahim Sterling Angliya chempionati 32-tur doirasidagi "Liverpul" (4:0)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Raqib butun mavsum davomida ajoyib o'ynadi, shu sabab biz ushbu o'yinda o'zimizning eng yaxshi futbolimizni namoyish etishni xohladik.

Bu bizning jamoamiz uchun mamlakatning amaldagi g'olibiga qarshi chaqiriq edi.

Biz nuqtani qo'ya oldik va bu ajoyib bo'ldi. Kelasi mavsum bugundan boshlanadi", - deydi Sterling.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" APLning joriy mavsumdagi chempioniga aylandi. Bundan oldingi ikki chempionlik esa "Siti"ga tegishli.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: BBC Sport