Solari: “Bizga Benzema yetishmadi”

17 yanv 2019, 09:59
“Real” bosh murabbiyi Ispaniya kubogi 1/8 final javob o'yinidan so'ng o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Hamma futbolchilarga o'yin vaqti zarur edi va ular bunga ega bo'ldi. O'yin yomon bo'ldi, ammo biz keyingi bosqichga chiqdik. Qachondir nimadir noto'g'ri ishlasa, buni tuzatish lozim. Biz esa buni maydonga Dani Sebalosni maydonga tushirib to'g'irladik. Biroq bu ham etarli bo'lmadi. Benzemaning yo'qligi bilindi. U bizga yetishmadi. “Sevilya” bilan o'yinda u bizga kerak bo'ladi. Umid qilaman, Karim ungacha qaytadi”,-deydi Solari.

Ma'lumot uchun, “Sevilya”ga qarshi o'yin 19 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Benzema esa qo'lidan jarohat olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport24