"So'g'diyona"ning hozirgi natijalari omili tayyorgarlikdami? Javohir Qahramonovning "Surxon" bilan o'yindan keyingi fikrlari

Aslanov Jasurbek
2 apr 2021, 15:19
Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi Superliganing to'rtinchi turida o'z maydonida "Surxon"ni qabul qildi.

Murosasiz kechgan bahsda maydon egalari 2:1 hisobidagi g'alabani tantana qildi. Mazkur uchrashuvdan so'ng "So'g'diyona"ning ikkinchi goliga assistentlik qilgan Javohir Qahramonov saytimizga fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida...

- "Surxon" bilan o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Xudoga shukur, muhimi g'alaba qozondik. Raqib ham uch ochko bilan ortga qaytishi mumkin edi. Omad bizga kulib boqdi. Muxlislarimiz qarshisida yutuqni nishonlashni zavqi boshqacha.

- "So'g'diyona" yangi mavsumga yopiq tarzda tayyorgarlik ko'rgandi. Jamoa sekin-asta yashirin kartalarni ochyaptimi?

- Biz har bir uchrashuvga g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Bu - futbol.  Unda hamma narsa ro'y berishi mumkin.

- Demak hozirgi natijalar tayyorgarlikka bog'liq? Yoki murabbiy mahorati?

- Muvaffaqiyatlarda tayyorgarlikni ham, murabbiyni ham o'z o'rni bor. Barcha birlashsa, g'alabalar kelaveradi.

- O'zbekiston milliy terma jamoasining mart oyidagi yig'inida ishtirok etdingiz. Shu bois "Surxon" bilan bahsga o'zingizni tayyorlash qiyin bo'lmadimi?

- Terma jamoadan taklif olishimni kutmagandim. Sekin-asta jamoaga kirishib olaman. Umuman olganda, "Surxon" bilan uchrashuvda o'zimni yaxshi his qildim.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia