
"Ushbu kutilmagan natijaga duch kelib, men shunchaki dovdirab qolganim yo'q, balki chuqur mantiqsizlik tuyg'usini his qilyapman. Yakunda hamma narsaning negizida insoniy omillar yotishi yana bir bor isbotlandi. Qachonki tanish-bilishchilik va guruhbozlik professionallikdan ustun kelsa, rahbarlik lavozimlariga esa noqobil insonlar tayinlansa, natija deyarli muqarrar bo'ladi. Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlik fuqarolarni bo'shliq hissi bilan qoldirdi va bu, ko'rinishidan, tashkiliy hamda kadrlar xatolarining natijasidir.
Ushbu qabul qilib bo'lmas natija tufayli yuzaga holat uchun jamoatchilikdan chin dildan uzur so'rayman. Bunday holat boshqa takrorlanmasligi uchun biz sport boshqaruvini tezkorlik bilan isloh qilamiz", - deb yozdi Li Chje Myon o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.