Shomurodov TOP-3ga kirib oldi

Khoja
8 apr 2025, 07:58
A Seriyaning navbatdagi turida Eldor Shomurodov Yuventusga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushdi va gol urdi.

Ushbu goldan so'ng Italiyaning nufuzli nashri La Gazzeta dello sport zaxiradan tushib, gol urgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. A Seriyada zaxiradan tushib gol urganlar ro'yxatida Eldor uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Hujumchi jami 10 marta zaxiradan tushib, gol urishga erishgan.

Undan yuqorida esa Inter hujumchisi Lautaro Martines (16 gol) va Lacio futbolchisi Pedro (11 gol) joylashgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: La Gazzeta dello sport