

- Qiziqarli o'yin bo'ldi, ammo shogirdlarimning harakatlarini tushunmadim. Biz g'olib bo'la olmadik. Raqib munosib qarshilik ko'rsatdi. Shu bois durang adolatli natija. Shomurodov o'tgan turdagi o'yini tufayli tarbiyaviy ish olib bordik va uchrashuvni zaxirada boshladi. Balki u hayolida qaysidir jamoa bilan shartnoma tuzib bo'lgandir, bilmayman. Futbolchilarning g'alaba ruhiyatida muammo bor, qayerdadir biz murabbiylar xato qilayapmiz... Yangi rahbariyat jamoaga yordam berishini ma'lum qildi. Bular “Bunyodkor”ga foyda keltiradi deb umid qilamiz, - deydi Sergey Lushan.



