"Sassuolo" Dialloni MYUdan ijaraga olmoqchi. U yerda uning akasi Xamed o'ynaydi

Alisher
11 yanv 2022, 18:01
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Amad Diallo klubini o'zgartirishi mumkin.

19 yoshli futbolchi uchun "Sassuolo" da'vogarlik qilmoqda, italyanlar o'yinchining qishki transfer oynasida ijarasi borasida ma'lumot so'rashgan.

Qayd etish kerakki, "Sassuolo"da uning akasi Xamed Traore o'ynaydi.

Dialloning ijarasiga yana bir necha klublar qiziqish bildirmoqda. Futbolchi joriy mavsum APL doirasida maydonga tushmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira