Sancho ushbu mavsumda 10ta gol urib, 10 golga assistentlik qilgan ilk futbolchiga aylandi

Mirjalol Normatov
15 dek 2019, 13:29
Dortmundning "Borussiya"si kecha "Maync" maydonida yirik 4:0 hisobida g'alabaga erishdi.

Dortmundliklar futbolchisi Jeydon Sancho o'z goli va assistentligi bilan jamoasining g'alabasiga munosib hissasini qo'shdi.

"Goal" taqdim qilgan ma'lumotga ko'ra, Sancho ushbu mavsumda o'z gollari va assistentligini 10taga etkazgan ilk futbolchiga aylandi. Ayni damda u 10 gol urib, 10 golga assistentlik qilgan.

Shuningdek, ushbu natijani qayd etish uchun "Barselona" hujumchisi Leo Messi ham yaqin kelmoqda - 14 gol va 9 assistentlik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal