Runi APLning bo'lajak chempionini taxmin qildi

Mirjalol Normatov
6 okt 2019, 16:55
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Ueyn Runi APLning 2019/20 yilgi mavsumida chempionlikni qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan jamoani taxmin qildi.

"Liverpul" menga kuchliroqdek ko'rinmoqda. "Siti" ham anchagina kuchli. Biroq "Liverpul" ushbu mavsumda "Siti" bilan kuch borasida tenglashib oldi. Menimcha ushbu mavsumda "Liverpul" chempion bo'ladi", - dedi Runi.

O'tgan mavsumda 98 ochko bilan "Manchester Siti" chempionlikka erishgan bo'lsa, "Liverpul" 97 ochko to'pladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal