

Oldinroq Angliya Premer-ligasida yozgi transfer oynasi mavsum boshlanishidan avvalroq yopilishi ma'lum bo'lgan edi.
"Yevropa chempionatlari bu borada yagona qaror qabul qilib, transfer oynasi mavsum boshlanishidan oldin yakunlanishini kelishib olishi kerak. Yozgi transfer oynasi 31 iyulida yopilishida mano bor. Bu klublar, murabbiylar va muxlislar uchun foyda bo'ladi, chunki ular jamoa mavsumni qanday tarkibda boshlashini bilib olishadi" - deydi Rummenigge.



