

Portugaliyalikning "Qirollik klubi" bilan amaldagi kelishuvi 2018 yilning yozida yakuniga etadi. U faoliyatini "qaymoqranglilar" safida yakunlashni orzu qiladi va klub bilan yangi besh yillik shartnoma imzolamoqchi. Ammo "Real" Ronalduga 4 yillik bitim taklif qilmoqda. Bitimning moliyaviy tomoni ancha oldin hal qilingan va agar tomonlar kelishuvga erishsa, Krishtianu yiliga bonuslarsiz 21 mln. evro ishlab topadi.



