Ronaldu o'z boyliklarini kimga meros qilib qoldirgani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
29 avg 2019, 23:11
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu o'zining vafot etishi ehtimoli yuzasidan vasiyat yozib qo'ydi.

"AS" xabariga ko'ra, futbolchi o'zining barcha boyliklarini Jorjina Rodrigesga qoldirgan. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, portugaliyalik futbolchining umumiy boyligi 300 million evroni tashkil qiladi.

Jorjina Rodriges 2018 yilda Ronaldu uchun qiz farzand dunyoga keltirgandi. Ronalduning yana uch nafar farzandi ham bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS