Jorjina Rodriges Ronalduning faoliyatini qachon yakunlashi haqida gapirdi

Alisher
3 mar 2024, 18:56
"Al Nassr" va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronalduning sevgan qizi Jorjina Rodriges futbolchining faoliyatini qachon yakunlashi haqida gapirdi.

Rodriges Parijdagi modalar haftaligi tadbiriga bordi. U yerda esa undan Ronalduning faoliyatini ehtimoliy yakunlashi haqida so'rashdi.

"Yana bir yil. Shu bilan bo'ldi. Balki ikki yildir, bilmayman", - deya javob berdi Rodriges.

39 yoshli portugaliyalik "Al Nassr"da o'tgan yilning yanvaridan beri o'ynaydi. U joriy mavsum jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 29ta o'yinda maydonga tushib, 28ta gol va 11ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: talksport.com