Ronaldu koronavirusni aniqlovchi test haqida: “Bo'lmag'ur narsa”

Eldor Akmurzayev
28 okt 2020, 19:45
Xabaringiz bor, Chempionlar Ligasi 2-turi doirasida bugun tunda “Yuventus” o'z maydonida “Barselona”ni qabul qiladi.

Mazkur bahsni COVID-19 aniqlangani sabab turinliklar yetakchisi Krishtianu Ronaldu o'tkazib yuboradi. U hozirgi holari haqida gapirdi.

“O'zimni yaxshi, sog'lom his qilmoqdaman. “Yuventus” olg'a!”, deya yozgan portugaliyalik o'z sahifasiga. 

Shuningdek, Ronaldu ushbu posti ostiga “PCR – bu bo'lmag'ur narsa”, deb izoh qoldirgan.

Eslatib o'tamiz, 35 yoshli futbolchi 13 oktyabr kuni koronavirusga chalingandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Cristiano