Ronaldu CHLda ketma-ket ikki mavsumdan beri gol ura olmayapti: "Portu" va Atletiko"ga qarshi bahslardagi 390 daqiqa

Alisher
16 mar 2022, 16:53
Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasi pley-offida ketma-ket ikki mavsumdan beri gol ura olmaydi.

"Manchester Yunayted" forvardi "Atletiko" (1:1, 0:1)ga qarshi turning 1/8 finalidagi ikki o'yinda ham gol ura olmadi. Javob bahsida esa zarba ham bermadi.

O'tgan yili "Yuventus"da o'ynagan portugaliyalik "Portu"ga musobaqaning ushbu bosqichida (1:2, 3:2 q.v.) gol ura olmagan edi.

Shunday ekan, Ronalduning hisobida Chempionlar Ligasi pley-offidagi so'nggi 4ta o'yinning 390 daqiqasida umuman gol yo'q.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia