"Roma" tez orada Dibala bilan shartnoma imzolanganini e'lon qilmoqchi

Alisher
20 iyul 2022, 14:33
"Roma" tez orada hujumchi Paulo Dibala bilan shartnoma imzolanganini e'lon qiladi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, rasmiy ma'lumot yaqin soatlarda beriladi. 28 yoshli argentinalik rimliklar bilan bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2025 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi. Futbolchi yiliga 4,5 million evro maosh oladi va ishtiroki orqali yana 1,5 million evro ishlashi mumkin.

Shartnomada 20 million evrolik tovon puli yoziladi. Forvard jamoada 21-raqam ostida ishtirok etadi.

Dibala 1 iyuldan beri erkin agent maqomida yuribdi, argentinalikning sobiq klubi "Yuventus" hujumchi bilan shartnomani uzaytirmadi. O'yinchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira